BLOGERLAR, MEDIA SHAXSLAR VA REKLAMA MATNLARIDA STILISTIK TA’SIR VOSITALARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada blogerlar, media shaxslar va reklama matnlarida qo‘llaniladigan stilistik ta’sir vositalari lingvistik, pragmatik va diskursiv yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Zamo-naviy raqamli kommunikatsiya sharoitida til vositalari nafaqat axborot yetkazish, balki audito-riyani ishontirish, emotsional ta’sir o‘tkazish va xatti-harakatni boshqarish funksiyasini bajara-di. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, leksik (baholovchi sifatlar, imperativ shakllar, giperbola), se-mantik (metafora, epitet, personifikatsiya), sintaktik (qisqa jumlalar, parallelizm, takrorlash) va ritorik vositalar (ethos, pathos, logos) eng samarali ta’sir mexanizmlari hisoblanadi. Blog va media matnlarida suhbatlashuv uslubi, shaxsiylashtirish va hikoya qilish ustun bo‘lsa, reklama matnlarida ixchamlik, obrazlilik va bevosita undash kuchliroq namoyon bo‘ladi. Maqolada o‘zbek va xorijiy tilshunoslik manbalariga tayanib, ushbu vositalarning funksional-pragmatik xususiyatlari ochib beriladi hamda ularning samarali qo‘llanilishi bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Hali tarjima qilinmagan