Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Benzin va dizel yoqilgʻilari tarkibidagi organik birikmalarni tadqiq etish saqlash barqarorligini oshirish

Behruzjon OmanovNavoiy davlat universitetiNigina RuziqulovaNavoiy davlat universitetiAlmagul XalibekovaNavoiy davlat universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada avtomobil yoqilg‘i quyish shaxobchalarida realizatsiya qilinayotgan benzin va dizel yoqilg‘ilari tarkibidagi organik birikmalarni tadqiq etish, ularning asosiy fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarini baholash hamda saqlash jarayonida sifat o‘zgarishlarini aniqlash masalalari o‘rganilgan. Tadqiqotda turli avtomobil yoqilg‘i quyish shaxobchalaridan olingan beshta benzin va beshta dizel yoqilg‘isi namunasi uchun organik komponentlarning guruhiy tarkibi, zichlik, qovushqoqlik, oltingugurt miqdori, smola hosil bo‘lishi, oksidlanish barqarorligi kabi ko‘rsatkichlar tahlil qilindi. Benzin namunalarida n-parafinlar 21,7–24,6 %, izoparafinlar 38,2–41,3 %, sikloalkanlar 8,1–8,9 %, olefinlar 12,4–15,0 % va aromatik uglevodorodlar 13,9–15,3 % oralig‘ida bo‘lishi ko‘rsatildi. Dizel yoqilg‘ilarida n-parafinlar 26,8–28,1 %, izoparafinlar 27,8–29,5 %, sikloparafinlar 21,9–22,7 %, monoaromatiklar 14,2–15,3 % va poliaromatiklar 4,1–4,7 % ni tashkil etdi. Saqlash muddati ortishi bilan benzin tarkibidagi smola miqdorining ortishi va oksidlanish barqarorligining kamayishi kuzatildi. Antioksidant qo‘llanganda oksidlanish jarayonining sekinlashishi va smola hosil bo‘lishining kamayishi aniqlandi. Olingan natijalar asosida avtomobil yoqilg‘ilarini saqlash barqarorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar