Tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) va sentiment tahlili
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada tabiiy tilni qayta ishlash (Natural Language Processing – NLP) yo‘nalishining nazariy asoslari, asosiy tushunchalari hamda amaliy qo‘llanilish sohalari yoritiladi.[1:12] NLP sun’iy intellekt va kompyuter lingvistikasining integrativ yo‘nalishi sifatida matn va nutqni avtomatik tahlil qilish, tushunish va generatsiya qilish masalalarini hal etishga qaratilgan.[7:15] Maqolada NLPning tipik vazifalari, jumladan tokenizatsiya, lemmatizatsiya, morfologik va sintaktik tahlil, nomlangan obyektlarni aniqlash, sentiment tahlili, mashina tarjimasi, savol-javob tizimlari hamda matnni qisqartirish kabi yo‘nalishlar umumlashtiriladi. Shuningdek, klassik yondashuvlardan zamonaviy chuqur o‘rganish (deep learning) va transformer arxitekturalarigacha bo‘lgan rivojlanish tendensiyalari hamda ta’lim, tibbiyot, bank-moliya, media monitoring, call-markazlar va davlat xizmatlarida NLP yechimlarining ahamiyati tahlil qilinadi.[5:60] Tadqiqot natijasida NLP texnologiyalarini joriy etishda ma’lumotlar sifati, til resurslari, etik masalalar va xavfsizlik talablarini hisobga olish zarurligi asoslab beriladi.
Hali tarjima qilinmagan