KOLLEKTOR-DRENAJ TARMOQLARINI TOZALASHDA ZAMONAVIY MEXANIZATSIYA VOSITALARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada kollektor-drenaj tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish jarayonida to‘planadigan loyqa va cho‘kindilarni, shuningdek, o‘simlik qoldiqlarini samarali tozalashda zamonaviy mexanizatsiya vositalaridan foydalanish masalasi o‘rganilgan. Kollektorlarning loyqalanishi va o‘simliklar bilan qoplanishi ularning suv o‘tkazish qobiliyatini pasaytirib, drenaj tizimining barqaror ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotda kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalashda qo‘llaniladigan ekskavatorlar, maxsus ishchi organlar va kanaltozalash mashinalarining texnologik imkoniyatlari tahlil qilinib, ularning ish unumdorligi, mehnat sarfi, vaqt va yoqilg‘i sarfi kabi asosiy ekspluatatsion ko‘rsatkichlari baholangan. Mexanizatsiya vositasini kollektorning geometrik o‘lchamlari, cho‘kindi miqdori, o‘simliklar bilan qoplanish darajasi va ish sharoitlariga mos ravishda tanlash tozalash jarayonining texnik samaradorligini oshirish imkonini berishi asoslangan. Tadqiqot natijalari kollektor-drenaj tarmoqlarini texnik jihatdan soz holatda saqlash va tozalash ishlarini takomillashtirish uchun amaliy ahamiyatga ega.
Hali tarjima qilinmagan