Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

BIG DATA TEXNOLOGIYALARI: HADOOP VA SPARK

Dilyora SulaymonovaFarDU Axborot tizimlari va texnologiyalari yoʻnalishi 3-kurs talabasiBehzod SobirjonovFarDU Axborot texnologiyalari kafedrasi Katta oʻqituvchisi
2026
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada katta hajmli ma’lumotlar (Big Data) bazalarini boshqarish uchun qoʻllaniladigan zamonaviy texnologiyalar, ularning tuzilishi, asosiy xususiyatlari va amaliy qoʻllanilish sohalari batafsil yoritilgan. Xususan, Hadoop, Spark va NoSQL kabi keng tarqalgan tizimlarning ishlash prinsiplari, vazifalari va afzalliklari chuqur tahlil qilingan. Hadoop texnologiyasining taqsimlangan saqlash va parallel qayta ishlash imkoniyatlari, Spark’ning yuqori tezlikda hisoblash va real vaqt rejimida tahlil qilish xususiyatlari, shuningdek NoSQL ma’lumotlar bazalarining moslashuvchanligi va masshtablanuvchanligi alohida koʻrib chiqilgan. Shuningdek, Big Data bilan ishlash jarayonida yuzaga keladigan muammolar, jumladan ma’lumotlar xavfsizligi, maxfiylik, katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlashdagi murakkabliklar hamda malakali mutaxassislar yetishmasligi kabi masalalar tahlil etilgan. Shu bilan birga, Big Data texnologiyalarining biznes, sogʻliqni saqlash, ta’lim, moliya va sanoat sohalarida samaradorlikni oshirish, toʻgʻri qarorlar qabul qilish va raqobatbardoshlikni kuchaytirishdagi imkoniyatlari ochib berilgan. Tadqiqot natijalari Big Data texnologiyalari zamonaviy tashkilotlar uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan, samaradorlikni sezilarli darajada oshiruvchi muhim vosita ekanini koʻrsatadi.[1:23.]

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar