Davlat tomonidan qoʻllaniladigan sunʼiy intellekt va inson huquqlari: ommaviy kuzatuv tizimlari uchun jinoiy cheklovlar
Annotatsiya
Maqolada davlat tomonidan ommaviy kuzatuv maqsadida qoʻllaniladigan sunʼiy intellekt (SI) tizimlarining inson huquqlari bilan bogʻliq jinoiy-huquqiy jihatlari tahlil qilinadi. Muallif yuz tanib olish, xulqni bashorat qilish va ijtimoiy reytinglash kabi texnologiyalarning xususiy hayotga daxlsizlik, soʻz erkinligi va aybsizlik prezumpsiyasi tamoyillariga tahdidini koʻrib chiqadi. Ommaviy kuzatuvni cheklashning xalqaro standartlari – ECHR, ICCPR va YI AI Act – qiyosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, davlat vakolat doirasi va shaxs erkinliklari oʻrtasidagi muvozanatni saqlash mexanizmlari hamda huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlik masalalari koʻrib chiqiladi. Xulosa sifatida ommaviy kuzatuv tizimlarini qonuniy chegaralar ichida saqlashning kompleks huquqiy modeli taklif etiladi.
Hali tarjima qilinmagan