Ingliz va oʻzbek tillarida insonning intellektual xususiyatlarini baholovchi til birliklarining struktur-semantik tahlili
Annotatsiya
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida insonning intellektual xususiyatlarini baholovchi til birliklarining struktur-semantik xususiyatlari qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Insonning aqliy salohiyati, tafakkur darajasi, idrok tezligi, bilimdonligi, zehnining o‘tkirligi yoki, aksincha, fikrlashdagi sustligi va cheklanganligini baholashda qo‘llanadigan leksik, morfologik, sintaktik hamda frazeologik vositalar o‘rganiladi. Baholash kategoriyasi insonning voqelikni nafaqat bilishi, balki uni mavjud ijtimoiy, madaniy va individual mezonlar asosida talqin qilishi bilan chambarchas bog‘liq ekanligi asoslanadi. Ingliz tilidagi smart, intelligent, clever, brilliant, wise, quick-witted, foolish, stupid, dull, narrow-minded kabi birliklar hamda o‘zbek tilidagi aqlli, dono, zukko, ziyrak, fahmli, bilimdon, zehni o‘tkir, kaltafahm, nodon, befahm singari vositalarning baholash semantikasi qiyoslanadi. Shuningdek, ikki tilda inson intellektiga oid frazeologik birliklarning struktur modellari, metaforik asoslari va milliy-madaniy xususiyatlari yoritiladi.
Hali tarjima qilinmagan