Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

KENGAYTIRILGAN VA VIRTUAL REALLIK MUHITIDA TA’LIM OLUVCHILARNING MANTIQIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHNING METODIK MEXANIZMLARI

Sarvinoz Farkhodovna SalimovaSharofat ShamsiyevaBuxoro davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
2026
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur tezisda kengaytirilgan reallik (AR) va virtual reallik (VR) muhitida ta’lim oluvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishning metodik mexanizmlari tahlil qilinadi. Immersiv ta’lim muhitining vizual-fazoviy modellashtirish, obyektlarni interaktiv boshqarish, muammoli vaziyatlarni simulyatsiya qilish, gipotezalarni tekshirish, sabab-oqibat bog‘lanishlarini aniqlash va refleksiv tahlilni tashkil etish imkoniyatlari yoritiladi. AR/VR texnologiyalaridan foydalanishda texnologik effekt emas, balki pedagogik vazifaga yo‘naltirilgan faoliyat, kognitiv yuklamani boshqarish va o‘quvchini dalillangan xulosa chiqarishga olib boruvchi topshiriqlar tizimi ustuvor bo‘lishi lozimligi asoslanadi. Mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun muammoli-vaziyatli, vizual-modellashtiruvchi, eksperimental-verifikatsion, algoritmik va refleksiv mexanizmlar taklif etiladi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar