Talabalarda faol fuqarolik koʻnikmalarini shakllantirish mazmuni va mezonlari
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada talabalarda faol fuqarolik ko‘nikmalarini shakllantirishning mazmuni, pedagogik asoslari hamda baholash mezonlari yoritilgan. Faol fuqarolik ko‘nikmalarining huquqiy ong, ijtimoiy faollik, tanqidiy fikrlash, jamoaviy hamkorlik va ijtimoiy mas’uliyat kabi tarkibiy qismlari tahlil qilingan. Shuningdek, globallashuv sharoitida oliy ta’lim muassasalarida fuqarolik tarbiyasini samarali tashkil etishning pedagogik imkoniyatlari ochib berilgan. Talabalarda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda interfaol ta’lim metodlari, loyihaviy faoliyat, volontyorlik harakatlari va ijtimoiy tashabbuslarning ahamiyati asoslab berilgan. Faol fuqarolik ko‘nikmalarini baholash mezonlari sifatida ijtimoiy tashabbuskorlik, jamoat ishlaridagi ishtirok, mustaqil qaror qabul qilish va ijtimoiy mas’uliyat darajasi ko‘rsatib o‘tilgan.
Hali tarjima qilinmagan