THEORETICAL FOUNDATIONS OF BUILDING AN ELECTRONIC CORPUS OF EDUCATIONAL TOOLS TERMINOLOGY
Annotatsiya
Tezisda oʻquv qurollari terminlarining elektron korpusini yaratishning nazariy asoslari koʻrib chiqiladi. Korpus lingvistikasi va terminshunoslikdagi mavjud yondashuvlar tahlil qilinib, sohaviy terminologik korpusga qoʻyiladigan asosiy talablar belgilanadi: reprezentativlik, muvozanat, matnlarning autentikligi va metamaʼlumotlarning toʻliqligi. Shular asosida korpusning toʻrt qatlamli modeli taklif etiladi: manba matnlar, metamaʼlumotlar, morfologik annotatsiya va terminologik annotatsiya. Terminologik qatlamda har bir terminning struktur turi, tematik guruhi, kelib chiqishi va ekvivalentlik aloqalari qayd etiladi. Taklif etilgan model oʻzbek tilidagi boshqa sohaviy korpuslarni loyihalashda ham qoʻllanilishi mumkin.
Hali tarjima qilinmagan