Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Aholini jamoat transporti bilan taʼminlanganligini baholash indikatorlari tizimini shakllantirish

Shodlik BobojonovToshkent davlat transport universiteti magistranti ORCID: 0009-0007-9833-0663Davron Yo‘ldoshevToshkent davlat transport universiteti PhD., dotsent ORCID: 0000-0002-6042-2737
2026
ABI

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda aholini jamoat transporti bilan ta’minlanganlik darajasini baholash masalasi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda transport xizmatlarining hududiy qamrovi, sifati, ishonchliligi, iqtisodiy va ekologik ko‘rsatkichlari hamda ijtimoiy jihatlarini inobatga olgan holda indikatorlar tizimini shakllantirish zarurati asoslab berilgan. Xalqaro amaliyotda qo‘llaniladigan PTAL, PTAI, Service Level Benchmark va Spatial Gap Analysis metodologiyalari tahlil qilinib, ular asosida baholash indikatorlari tizimi ishlab chiqilgan. Shuningdek, indikatorlarning muhimlik darajasini aniqlash va integral baholash modelini shakllantirish uchun ekspert baholash usulidan foydalanish ko‘zda tutilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba