Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

YUK STANSIYASIDA VAGONLARNI BERISH NAVBATINI TEZKOR ANIQLASH USULI

Jahongir TojiboyevTashkent State University of Economics
2026
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada yuk stansiyasidan korxonalarning shaxobcha yo‘llariga vagonlarni berish navbatini aniqlash masalasi ko‘rib chiqiladi. Amaldagi amaliyotda vagonlarni berish ketma-ketligi ko‘pincha ularning stansiyaga kelish vaqti, manevr yo‘nalishining qulayligi yoki korxonaning joylashuviga asoslanadi. Biroq bunday yondashuv vagonning keyingi poyezdga ulanish muddati va yuk frontining tayyorlik holatini har doim ham hisobga olmaydi. Maqolada vagon ustuvorligini uchta asosiy parametr — yuk frontining tayyorligi, qaytarib olish muddati va keyingi poyezd jo‘nashigacha qolgan vaqt asosida aniqlash taklif etiladi. Natijada manevr lokomotivining har bir yangi operatsiyasidan oldin vagonlar qayta saralanadi va eng dolzarb vazifa aniqlanadi. Ushbu yondashuv murakkab matematik model talab qilmasdan, mavjud stansiya texnologiyasiga qo‘shimcha boshqaruv algoritmi sifatida joriy etilishi mumkin.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar