Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

IKKI BOSQICHLI CHANG TOZALASH QURILMASIDA FRAKSION SAMARADORLIK VA GIDRAVLIK QARSHILIKNI MUVOZANATLASHNING ILMIY ASOSLARI

Sohibjon To‘xtaraliyevDilshod XolmatovNamangan davlat universiteti Kimyo kafedrasi dotsenti
2026
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur tezisda neft va gazni qayta ishlash hamda sanoatning boshqa texnologik jarayonlarida hosil bo‘ladigan changli gazlarni tozalash usullari ilmiy adabiyotlar asosida qiyosiy tahlil qilinadi. Siklon, matoli filtr, elektrofiltr va Venturi skrubberining ishlash mexanizmi, zarrachalarni ushlash samaradorligi, gidravlik qarshiligi hamda energiya talabi ko‘rib chiqiladi. Umumiy va fraksion samaradorlik ko‘rsatkichlarini taqqoslash shartlari aniqlashtiriladi. Mahalliy changning dispers tarkibi, zichligi, namligi va qayta changlanish bilan bog‘liq tadqiqot masalalari belgilanadi. Ikki bosqichli chang tozalash qurilmasida oqimni bir tekis taqsimlash orqali samaradorlik va bosim yo‘qotilishi muvozanatini yaxshilash gipotezasi asoslanadi. Taklif etilgan yondashuvni tajribada tekshirish mezonlari ko‘rsatiladi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar