Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Sirdaryo viloyati turizm-rekreatsiya infratuzilmalarini rivojlantirish muammolari

Nusratulla AlimkulovNizomiy nomidagi O'zbekiston milliy pedagogika universitetiB. D. (Baratova) NuritdinovnaGuliston Davlat Universiteti
2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada Sirdaryo viloyatining turizm-rekreatsiya infratuzilmasining hozirgi holati, mavjud tabiiy, rekreatsion va madaniy-tarixiy resurslardan foydalanish imkoniyatlari hamda sohani rivojlantirishdagi asosiy muammolar tahlil qilingan. Tadqiqot davomida viloyatdagi transport va yo'l infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, mehmonxona va turistik xizmat ko'rsatish obyektlari, ekologik infratuzilma, marketing hamda investitsiya imkoniyatlari o'rganilgan. Shuningdek, Sirdaryo daryosi bo'yi hududlari, agroturizm, ekoturizm va qisqa muddatli turizm yo'nalishlarini rivojlantirish imkoniyatlari yoritilgan. Aniqlangan muammolar asosida turistik infratuzilmani kompleks rivojlantirish, xususiy investitsiyalarni jalb qilish, agro va ekoturizm klasterlarini shakllantirish hamda hududning turistik salohiyatini targ'ib qilish bo'yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba