SUN'IY INTELLEKT (AI) ASOSIDA TA'LIMDA NAZORATNI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya
Maqolada sun'iy intellekt (SI) asosida ta'limda nazorat tizimini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. An'anaviy nazoratning cheklovlari, SI texnologiyalari (moslashuvchan testlar, avtomatlashtirilgan tekshiruv, ta'lim analitikasi, qayta aloqa tizimlari) taqdim etayotgan imkoniyatlar ko'rib chiqiladi. Nazoratni takomillashtirishning inson nazorati bilan uyg'unlashgan modeli taklif etiladi: ma'lumot yig'ish, SI tahlili, o'qituvchi tomonidan tekshiruv, qayta aloqa va o'quv jarayonini tuzatish bosqichlari ketma-ketligi chizma orqali ifodalanadi. Shuningdek, algoritmik tarafkashlik, ma'lumotlar maxfiligi va akademik halollik xavflari tahlil etilib, ularni kamaytirish bo'yicha tavsiyalar beriladi.