RSV-INFEKSIYASI BOLALARDA: KLINIK KECHISH, XAVF OMILLARI VA GOSPITALIZATSIYA DAVOMIYLIGI TAHLILI
Annotatsiya
Ushbu tadqiqot respirator-sintsitial virus (RSV) infeksiyasining bolalarda klinik kechishi, og‘irlik darajasi va gospitalizatsiya davomiyligiga ta’sir etuvchi xavf omillarini aniqlashga qaratilgan. Kuzatuvchi kohort tadqiqot Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli markaziy bolalar shifoxonasida 2024–2025-yillar davomida RSV-infeksiya bilan gospitalizatsiya qilingan 39 nafar bolani qamrab oldi. RSV etiologiyasi polimeraza zanjir reaksiyasi va ekspress antigen testlari yordamida tasdiqlandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, kasallik asosan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda uchrab, og‘ir kechish ko‘proq 6 oylikdan kichik yosh guruhida qayd etildi. Og‘ir kechish yoshning kichikligi, muddatidan oldin tug‘ilish hamda hamroh surunkali kasalliklar bilan bevosita bog‘liq bo‘ldi. Bundan tashqari, gematologik, nerv-mushak va oshqozon-ichak tizimi kasalliklari shifoxonada uzoqroq qolish bilan sezilarli darajada bog‘liq ekanligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari RSV-infeksiyasi xavf guruhidagi bolalarni erta aniqlash va klinik boshqaruvni takomillashtirish uchun muhim ahamiyatga ega.