ADAPTIV RAQAMLI MUHITDA WEB-LOYIHALASHNI O'QITISHDA METAKOGNITIV STRATEGIYALARNI JORIY ETISH METODIKASI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur ishda adaptiv raqamli muhitda web-loyihalashni o‘qitishda metakognitiv strategiyalarni joriy etish metodikasi yoritilgan. Tadqiqotda metakognitiv strategiyalarning nazariy asoslari, ularning adaptiv raqamli ta’lim muhitidagi o‘rni hamda web-loyihalash kompetentligini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Metakognitiv yondashuv asosida rejalashtirish, monitoring va refleksiya strategiyalarini o‘quv jarayoniga integratsiya qilish mexanizmlari ishlab chiqilgan. Tajriba-sinov ishlari natijalari ushbu metodikaning talabalarda mustaqil fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal etish va o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlaydi. Olingan natijalar adaptiv raqamli muhitda web-loyihalash ta’limini takomillashtirish uchun amaliy va metodik tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.