Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

INVESTITSION SALOHIYAT VA IJTIMOIY INFRATUZILMA RIVOJI O'RTASIDAGI O'ZARO BOG'LIQLIKNI EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH

2026uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur tadqiqot investitsion salohiyat va ijtimoiy infratuzilma rivoji o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ekonometrik modellashtirish asosida ilmiy-nazariy va empirik jihatdan tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot doirasida investitsion salohiyat tushunchasining mazmun-mohiyati, uning hududiy rivojlanishdagi o‘rni hamda ijtimoiy infratuzilmaning asosiy tarkibiy yo‘nalishlari tizimli ravishda o‘rganiladi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, transport va kommunal infratuzilma ko‘rsatkichlarining mintaqalarning investitsion faolligiga ta’siri panel ma’lumotlar asosida baholanadi. Ekonometrik modellar yordamida ijtimoiy infratuzilma rivoji investitsion salohiyatni oshirishda muhim omil ekanligi ilmiy jihatdan asoslanadi. Olingan natijalar mintaqaviy investitsiya siyosatini takomillashtirish, infratuzilmaga investitsiyalarni ustuvor yo‘naltirish va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan ilmiy xulosalar hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba