OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA TALABALAR TADQIQOTCHILIK SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION BOSHQARUV MODELI
Annotatsiya
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida talabalar tadqiqotchilik salohiyatini rivojlantirishning innovatsion boshqaruv modeli nazariy va amaliy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot jarayonida talabalarni ilmiy faoliyatga jalb etish mexanizmlari tizimli yondashuv asosida tahlil qilinib, ilmiy motivatsiyani kuchaytirish, metodologik tayyorgarlikni oshirish va natijadorlikni monitoring qilishga qaratilgan boshqaruv modeli ishlab chiqildi. Model maqsadli, motivatsion, mazmuniy va tashkiliy komponentlarning o‘zaro integratsiyasiga asoslanadi hamda ilmiy faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari Samarqand davlat pedagogika instituti, Buxoro davlat universiteti va Namangan davlat universitetlarida amaliyotga joriy etilib, talabalarning ilmiy faolligi, maqolalar soni va grant loyihalaridagi ishtiroki oshganligi kuzatildi. Shuningdek, tadqiqot natijalari asosida “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” hamda “Ta’limda innovatsiyalarni boshqarish” fanlari bo‘yicha darsliklar chop etildi. Olingan natijalar oliy ta’lim tizimida ilmiy boshqaruvni modernizatsiya qilish zaruratini tasdiqlaydi.