O'QUVCHILARDA MA'NAVIY-AXLOQIY QADRIYATLARNI SHE'RIYAT VOSITASIDA RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI
Annotatsiya
Mazkur maqolada tarbiya fanini o‘qitish jarayonida o‘zbek she’riyatidan foydalanishning ilmiy-pedagogik ahamiyati tahlil qilinadi. O‘zbek mumtoz va zamonaviy she’riyatida Vatan, milliy g‘urur, ajdodlarga hurmat, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar masalalari qanday badiiy ifodalangani ochib beriladi. Alisher Navoiy, jadid adabiyoti namoyandalari, shuningdek, mustaqillik davri shoirlari ijodida Vatan obrazining tarbiyaviy imkoniyatlari ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Maqolada tarbiya fanining “Vatan” mavzusini o‘qitishda Shavkat Rahmonning “Sulaymon tog‘i etagida o‘ylaganlarim” she’ridan foydalanish orqali o‘quvchilarda vatanparvarlik, milliy o‘zlik va ma’naviy mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirish usullari ko‘rsatib beriladi. Interfaol ta’lim metodlarining samaradorligi ham asoslanadi.