Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

QORAQALPOG'ISTON SHAROITIDA SHOLI KOLLEKSIYA NAMUNALARI QIMMATLI XO'JALIK BELGILARI BO'YICHA BAHOLASH VA ISTIQBOLLI GENOTIPLARNI AJRATISH

2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston sharoitida kolleksiya ko‘chatzoridan tanlab olingan sholi namunalari qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha baholandi. Tadqiqot davomida o‘simlik bo‘yi, ro‘vak uzunligi, mahsuldor tuplanish soni, ro‘vakdagi donlar soni va vazni, 1000 dona don vazni, guruch shaffofligi hamda hosildorlik ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, D-49(D-70), D-145(D-79) va D-123(D-300) namunalari hosildorlik va don ko‘rsatkichlari bo‘yicha standart “Gulistan” naviga nisbatan ustunlikka ega bo‘ldi. Ayniqsa, D-49(D-70) namunasi 100,2 sm o‘simlik bo‘yi, 19,2 sm ro‘vak uzunligi va 10,1 g hosildorlik ko‘rsatkichi bilan ajralib turdi. Olingan natijalar ushbu genotiplarni seleksiya jarayonida yuqori hosildorlik donorlar sifatida foydalanish imkoniyatini ko‘rsatdi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba