Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

IQLIM O'ZGARISHI TA'LIMINI BIOLOGIYA FANIGA INTEGRATSIYA QILISH ORQALI O'QUVCHILARNING IJTIMOIY MAS'ULIYATINI RIVOJLANTIRISH

2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada iqlim o‘zgarishi ta’limini biologiya faniga integratsiya qilish orqali o‘quvchilarning ijtimoiy mas’uliyatini rivojlantirish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda biologik bilimlar va global ekologik muammolar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik ochib berilib, o‘quvchilarda atrof-muhitga ongli munosabat va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishning pedagogik mexanizmlari asoslanadi. Shuningdek, iqlim o‘zgarishining biologik jarayonlarga ta’siri misolida o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish va mas’uliyatli qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari yoritiladi. Maqolada ta’lim jarayoniga integratsiyalashgan yondashuv asosida ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar keltirilib, ular orqali o‘quvchilarning ekologik madaniyati va ijtimoiy javobgarligini oshirish yo‘llari ko‘rsatib beriladi. Taklif etilgan yondashuv biologiya ta’limining mazmunini zamonaviy global chaqiriqlarga moslashtirish va barqaror rivojlanish g‘oyalarini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba