LEGACY TIZIMLARNI MODERNIZATSIYALASH VA MIGRATSIYA JARAYONLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada legacy tizimlar tushunchasi, ularni modernizatsiyalash zarurati va migratsiya jarayonlarining amaliy mazmuni tahlil qilinadi. Maqolada refaktoring, reengineering, replatforming va rehosting kabi asosiy yondashuvlar oddiy va hayotiy misollar asosida sharhlanadi. Shuningdek, cloud, microservices, Docker va Kubernetes kabi zamonaviy texnologiyalar legacy infratuzilmani yangilashda qanday rol o‘ynashi izohlanadi. Tahlil natijasida modernizatsiya jarayoni faqat texnik o‘zgarish emas, balki biznes uzluksizligi, xavfsizlik va xizmat ko‘rsatish sifati bilan bevosita bog‘liq ekani ko‘rsatib beriladi. Menimcha, bugungi kunda legacy tizimlarni shoshilinch almashtirishdan ko‘ra, ularni puxta reja asosida bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish tashkilotlar uchun eng maqbul yechim hisoblanadi.