YIRINGLI JAROHATLARNI DAVOLASHDA MAHALLIY PREPARATDAN FOYDALANISHNING PATOFIZIOLOGIK ASOSLARI
Annotatsiya
Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, dunyoning 195 dan ortiq mamlakatlarning milliy tadqiqot natijalari turli etiologiyali teri va teri osti kletchatkasining shikastlanish chastotasi 8,24% ni tashkil qiladi. Shu bilan birga, yiringli yaralarning yallig‘lanish chastotasi jarrohlik profilidagi teri yaralarini umumiy sonining 45% ga yetadi, nogironlik va o‘limga 25% dan 50% gacha olib keladi. Rossiya Federatsiyasida har yili 12 milliondan ortiq yiringli jarohatlanish holatlari qayd etiladi va aholining 18 % har yili tasodifiy yoki operatsiyadan keying xirurgik infeksiya jarohatlarini oladi. Ochiq jarohatlar ulushi 16,7 %, jahon statistikasi ma’lumotlariga ko‘ra esa 12,3 % tashkil etadi. Davolash usulini tanlash va prognoz nuqtai nazardan oyoq-qo‘llarning ochiq jarohatlari eng og‘ir jarohat turlaridan biri hisoblanib, barcha jarohatlarning 21 % dan 30 % gacha qismini tashkil qiladi. Xitoy Xalq Respublikasi hududlarida ham xuddi shunday holat kuzatilmoqda. Bu yerlarda yumshoq to‘qimalarning yiringli yara kasalliklari bilan har yili 5 milliongacha bemor qayd etiladi. AQSH va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida shifoxonaga yotqizilgan bemorlarning 10% yumshoq to‘qimalarning jarrohlik infeksiyalari bo‘lgan bemorlar tashkil qiladi. Bundan kelib chiqadigan yillik iqtisodiy zarar 9-10 milliard AQSH dollariga baholanmoqda. Ma’lumki, yumshoq to‘qimalarning jarrohlik infeksiyalariga chalingan bemorlarning eng samarali davolash usuli, agar u yiringli yarani tozalashga ko‘maklashadigan va tiklanish jarayonlari uchun qulay sharoit yaratadigan texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirilmasa, o‘z ta’sir kuchini yo‘qotadi.