Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Islom moliyasining nazariy asoslari va zamonaviy amaliyoti

Ergashev OybekQo‘qon universiteti, Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisiXadichaxon G'offorovaQo‘qon universiteti, Iqtisodiyot yo‘nalishi talabasi
2026
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada islom moliyasining nazariy asoslari, tamoyillari va zamonaviy iqtisodiy tizimdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida islom moliyasining an’anaviy moliyadan farqli jihatlari, xususan foizning taqiqlanishi, riskni taqsimlash va real aktivlarga asoslanganlik kabi xususiyatlari yoritib berilgan. Shuningdek, mudaraba, musharaka, murabaha, ijara va sukuk kabi moliyaviy instrumentlarning iqtisodiy ahamiyati ochib berilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, islom moliyasi moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, ijtimoiy adolatni kuchaytirish va iqtisodiy tizimni diversifikatsiya qilishda muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, uning rivojlanishida normativ-huquqiy baza, standartlashtirish va kadrlar tayyorlash bilan bog‘liq muammolar mavjudligi aniqlangan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar