XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH – IJTIMOIY BARQARORLIK VA TARAQQIYOTNING MUHIM OMILI (BESHARIQ TUMANI MISOLIDA)
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada xotin-qizlar bandligini ta’minlashning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy asoslari tahlil etilgan. Unda ayollar bandligining jamiyat taraqqiyoti, oilaviy farovonlik va kambag‘allikni qisqartirishdagi muhim o‘rni yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosati va normativ-huquqiy hujjatlar ko‘rib chiqilgan. Maqolada Beshariq tumani misolida xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasidagi amaliy ishlar tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida mavjud yutuqlar bilan bir qatorda ayrim muammolar ham aniqlangan. Xususan, ayollarni kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlikni rivojlantirishning ahamiyati asoslab berilgan. Yakunda xotin-qizlar bandligini yanada oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.