Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Talabalarda motivatsiya inqirozini bartaraf etishning kompleks ijtimoiy-psixologik modeli: nazariya va amaliyot integratsiyasi

Farida XolmirzayevaToshkent Kimyo Xalqaro Unversitet Psixologiya magistratura mutaxassisligi talabasi
2026uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada talabalarda motivatsiya inqirozini yuzaga keltiruvchi ijtimoiy-psixologik omillar, uning ta’lim jarayoniga ta’siri hamda uni bartaraf etishga qaratilgan kompleks modelning nazariy va amaliy asoslari yoritiladi. Maqolada motivatsiya inqirozi faqat shaxsiy sustkashlik yoki o‘qishga qiziqishning pasayishi sifatida emas, balki talabaning maqsad qo‘yish, o‘zini anglash, ijtimoiy muhit bilan moslashish, kasbiy istiqbolni tasavvur qilish va o‘z-o‘zini boshqarish jarayonlari bilan bog‘liq murakkab ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida talqin etiladi. Taklif etilayotgan model diagnostik, nazariy-metodologik, ijtimoiy-muhit, psixologik qo‘llab-quvvatlash, amaliy-faoliyat va natijaviy-refleksiv bloklar integratsiyasi asosida ishlab chiqilgan. Tadqiqotda mazkur modelni ta’lim amaliyotiga tatbiq etish orqali talabalarda ichki motivatsiyani kuchaytirish, kasbiy o‘zini anglashni rivojlantirish hamda o‘quv faoliyatiga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish imkoniyatlari asoslab beriladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar