Zamonaviy kutubxonalarda raqamli xizmatlarni tashkil etishning innovatsion usullari
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy kutubxonalarda raqamli xizmatlarni tashkil etishning innovatsion usullari, ularning axborot-kutubxona faoliyatidagi o‘rni hamda foydalanuvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini oshirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, elektron kataloglar, virtual kutubxona tizimlari, RFID texnologiyasi, sun’iy intellekt asosidagi xizmatlar, mobil ilovalar va bulutli texnologiyalarning kutubxona faoliyatiga joriy etilishi tahlil qilingan. Maqolada raqamli transformatsiya jarayonida kutubxonalarning innovatsion rivojlanish yo‘nalishlari hamda axborot xizmatlarini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari zamonaviy kutubxona tizimini rivojlantirish va foydalanuvchilarga qulay, tezkor hamda samarali xizmat ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi.