KREATIV YONDASHUV ASOSIDA O'QUVCHILARNING AXBOROT BILAN ISHLASH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH
Annotatsiya
Zamonaviy ta’lim jarayonida axborot oqimining keskin ortib borishi o‘quvchilardan ma’lumotlarni izlash, saralash, tahlil qilish va ulardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini talab etadi. Shu nuqtai nazardan, kreativ yondashuv asosida tashkil etilgan darslar o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini, muammoli vaziyatlarga innovatsion yechim topish qobiliyatini hamda axborot bilan ishlash madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Tadqiqotda interfaol metodlar, loyiha asosida o‘qitish, raqamli texnologiyalardan foydalanish hamda muammoli vaziyatlar yaratish orqali o‘quvchilarning axborot kompetensiyasini shakllantirish yo‘llari yoritilgan. Shuningdek, kreativ yondashuv o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirishi, ularni faol o‘quv jarayoniga jalb etishi va axborotni tanqidiy baholash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam berishi asoslab berilgan. Natijada, mazkur yondashuv ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning axborot bilan ishlash kompetensiyasini mustahkamlash hamda ularni zamonaviy axborot jamiyatiga mos ravishda tayyorlashda muhim omil ekanligi aniqlangan.