Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Perkutan koronar aralashuvdan keyin bemorni kompleks terapevtik boshqarish: antitrombotik davolash, lipid nazorati va arterial bosimni optimallashtirish

Behzod AkramovToshkent davlat tibbiyot universiteti, Ichki kasalliklar, nefrologiya va gemodializ kafedrasi, assistenti. O‘zbekiston Respublikasi Ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokori. Toshkent, O'zbekiston
2026
ABI

Annotatsiya

Perkutan koronar aralashuv (PKA, PCI) koronar arteriya kasalligini davolashda eng ko’p qo’llaniladigan invaziv usullardan biri bo’lsa-da, stent qo’yilishi kasallikning yakuniy nuqtasi emas. Klinik natija ko’p jihatdan stentdan keyingi terapevtik boshqaruvga - antitrombotik davo davomiyligini individual tanlash, qon ketish va ishemik xavfni muvozanatlash, past zichlikdagi lipoprotein xolesterinni (LDL-X) maqsadli darajaga tushirish, arterial bosimni barqaror nazorat qilish, qandli diabet va surunkali buyrak kasalligini bir vaqtda boshqarishga bog’liq. Ushbu maqolada 2023-2025-yillarda e’lon qilingan yirik klinik ko’rsatmalar asosida PKA o’tkazilgan bemorlarni terapevtik kuzatishning amaliy algoritmi taklif etiladi. Maqola terapiya shifokori, kardiolog, intervension kardiolog va oilaviy shifokor o’rtasidagi uzluksiz hamkorlikka urg’u beradi. Asosiy g’oya shundan iboratki, yaxshi bajarilgan stentlash natijasi faqat angiografik muvaffaqiyat bilan emas, balki keyingi 12 oy va undan uzoq davrda dori qabul qilish intizomi, laborator nazorat va xavf omillarini agressiv korreksiya qilish bilan belgilanadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar