O'ZBEKISTONDA TIL SIYOSATI VA MADANIY INTEGRATSIYANING AMALIY STRATEGIYALARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekistonda til siyosati va madaniy integratsiyani ta’minlashga qaratilgan amaliy strategiyalar tahlil qilinadi. Tadqiqotda davlat tilining maqomini mustahkamlash, ko‘p tillilikni qo‘llab-quvvatlash, xorijiy tillarni o‘qitish hamda til infratuzilmasini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, ta’lim tizimida madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini shakllantirish, ikki va ko‘p tilli ta’lim modellarining integratsion ahamiyati ochib berilgan. Ommaviy axborot vositalari, internet va fuqarolik jamiyati institutlarining millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni mustahkamlashdagi roli ilmiy asosda tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston tajribasida til siyosati, ta’lim va media strategiyalarining o‘zaro uyg‘unligi madaniy integratsiyaning samarali modeli sifatida namoyon bo‘layotganini ko‘rsatadi.