Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

QORABOSH PALEOVULQONINING TUZILISHI VA VULKANOGEN JINSLARNING TURLARI

2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada Chotqol–Qurama tog‘ tizmasidagi Qorabosh paleovulqonining geologik tuzilishi, stratigrafik xususiyatlari va vulkanogen jinslarning turlari tahlil qilingan. Qorabosh paleovulqoni kaldera tipidagi murakkab vulkano-tektonik struktura bo‘lib, uning o‘lchamlari taxminan 25×20 km ni tashkil etadi. Kalderaning ichki tuzilishi granit va granodiorit fundament, vulkanogen qatlamlar hamda tektonik uzilmalar bilan tavsiflanadi. Stratigrafik qatlamlar quyi, o‘rta va yuqori qismlarga ajratiladi; bu holat hududda vulkanizm bosqichma-bosqich rivojlanganligini ko‘rsatadi. Vulkanogen jinslar effuziv, piroklastik, vulkanogen-cho‘kindi va subvulkanik jinslarga bo‘linadi. Tektonik xususiyatlar halqasimon uzilmalar va radial yoriqlar tizimi orqali namoyon bo‘lib, ular magmatik jarayonlar hamda ma’danlashuvni nazorat qiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba