YOPIQ TRAVMATIK BOSH MIYA JAROHATLARIDA GEMODINAMIK KORREKSIYANING INTENSIV TERAPIYA NATIJALARIGA TA’SIRI
Inomjon MustafaqulovToshkent tibbiyot universiteti Anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi magistrantiMarianna KrasnenkovaToshkent tibbiyot universiteti Anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi dotsent,t.f.n
2026
ABI
Annotatsiya
Mazkur tezisda yopiq travmatik bosh miya jarohatlarida kuzatiladigan tizimli va cerebral gemodinamik buzilishlarni intensiv terapiya sharoitida korreksiyalashning klinik samaradorligi o‘rganildi. Tadqiqot reanimatsiya bo‘limida davolangan 100 nafar bemor misolida olib borildi. Bemorlarda arterial qon bosimi, cerebral perfuziya bosimi (CPP), intrakranial bosim (ICP), kislorod saturatsiyasi va Glasgow koma shkalasi (GCS) ko‘rsatkichlari monitoring qilindi. Olingan natijalar kompleks gemodinamik korreksiya miya perfuziyasini yaxshilashi, intrakranial gipertenziyani kamaytirishi va nevrologik tiklanishni tezlashtirishini ko‘rsatdi.
Hali tarjima qilinmagan
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos1 ta foydalanilgan manba