Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Davlat organlari xodimlarining mehnat faoliyatini yuridik-psixologik jihatdan motivatsiyalash: huquqiy va boshqaruv muammolari

Azada SaatbaevaQoraqalpoq qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, yurisprudensiya yo‘nalishi 2-bosqich talabasi, O‘zbekiston, Nukus shahri
2026uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada davlat organlari xodimlarining mehnat faoliyatini yuridik-psixologik jihatdan motivatsiyalash masalalari kompleks tarzda tahlil qilingan. Tadqiqotda davlat xizmatida xodimlar motivatsiyasini shakllantiruvchi asosiy huquqiy omillar — mehnatga oid qonunchilik, rag‘batlantirish tizimi, xizmat bo‘yicha o‘sish mexanizmlari hamda ijtimoiy kafolatlar o‘rganilgan. Shuningdek, xodimlarning kasbiy faolligiga ta’sir etuvchi psixologik omillar, jumladan ichki motivatsiya, tashkiliy muhit, rahbariyat bilan o‘zaro munosabatlar va kasbiy e’tirof darajasi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, davlat xizmatida samarali motivatsiya tizimi huquqiy asoslar va psixologik yondashuvlarning uyg‘unligiga tayanishi lozimligi asoslab berilgan. Shuningdek, motivatsion mexanizmlarning shaffofligi va adolatliligi xodimlar samaradorligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi aniqlangan. Maqolada davlat organlarida inson resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, xodimlar salohiyatini rivojlantirish va xizmat sifatini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar berilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar