Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

TURKIY MANBALAR TADQIQIGA OID ILMIY QARASHLAR TAHLILI ("Devonu lug'atit turk" asari yuzasidan)

2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada XI asr turkiy olimi Mahmud Qoshg‘ariy tomonidan yaratilgan “Devonu lug‘atit-turk” asarining o‘rganilishidagi ilmiy qarashlar tizimli tarzda tahlil qilinadi. Maqolada asarning turkiy tillar tarixi, adabiyot, etnografiya va madaniyat tadqiqotlaridagi o‘rni ko‘rsatilib, uning qiyosiy-tarixiy metod asosida yaratilganligi yoritiladi. Shuningdek, asarning lingvistik, leksikografik, madaniy va kartografik jihatlari ham tahlil qilinib, uning turkiy xalqlar tarixi va madaniy merosini o‘rganishdagi ahamiyati ta’kidlanadi. Maqolada tarixiy manbalarni, xalq ijodini va olimlarning ilmiy izlanishlarini o‘zaro taqqoslash orqali “Devon” asarining ilmiy qadriyatlari aniqlanadi. Shu bilan birga, zamonaviy korpus va qiyosiy lingvistik metodlar asosida olib borilgan tadqiqotlar natijalari ham keltiriladi. Maqola “Devonu lug‘atit-Turk”ni turkiy tillar va madaniyat tarixida asosiy manba sifatida tadqiq qilishga qaratilgan ilmiy izlanishlar uchun qo‘llanma vazifasini bajaradi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba