Siydik-tosh kasalligining rivojlanishida ovqatlanish va metabolik xavf omillarining roli
2026uz
ABI
Annotatsiya
Siydik-tosh kasalligi (STK) rivojlanishida iqlim va suv omillari bilan bir qatorda ovqatlanish xususiyatlari va metabolik buzilishlar muhim rol oʻynaydi. Tuz va hayvon oqsiliga boy, suyuqlik yetarli boʻlmagan ratsion, shuningdek semirish, uglevod almashinuvi buzilishi va arterial gipertenziya kabi metabolik sindrom komponentlari toshlar hosil boʻlishining asosiy modifikatsiyalanuvchi omillari hisoblanadi. Fargʻona vodiysining issiq va quruq iqlimi sharoitida suyuqlik yetishmovchiligi ayniqsa dolzarb muammoga aylanadi.
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos6 ta foydalanilgan manba