Mayda partiyali yuklarni tashish uchun avtomobillarni tanlash va ulardan foydalanishni takomillashtirish
Annotatsiya
Ushbu tezisda mayda partiyali yuklarni tashish uchun avtomobillarni tanlash va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish masalalari tadqiq etilgan. Mayda partiyali yuk tashish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, yuk tashish hajmining o‘zgaruvchanligi, yuk jo‘natuvchi va qabul qiluvchilarning hududiy tarqoqligi hamda transport vositalarining yuk ko‘tarish qobiliyatidan foydalanish darajasi tahlil qilingan. Ilmiy adabiyotlar tahlili asosida mayda partiyali yuklarni tashish uchun avtomobil tanlashning asosiy texnik, ekspluatatsion va transport-logistika mezonlari tizimlashtirilgan. Shuningdek, avtomobillarning yuk ko‘tarish qobiliyati va kuzov hajmidan foydalanish, marshrut uzunligi, yuklash-tushirish jarayonlari, yoqilg‘i sarfi va ekspluatatsion xarajatlarning transport vositasidan foydalanish samaradorligiga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida mayda partiyali yuklarni tashishda avtomobillarni tanlash va ulardan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.