SHO‘RLANGAN YERLARDA TUPROQNING GʻOVAKLIGIGA ORGANO-MINERAL KOMPOSTLARNING TA‛SIRI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada Qoraqalpogʻiston Respublikasi sharoitida organo-mineral kompostlarning tuproq gʻovakligiga taʼsiri ilmiy jihatdan oʻrganildi. Tadqiqotlarda mineral, organik oʻgʻitlar va kompostlar turli meʼyorlarda qoʻllanilib, ularning tuproqning suv va havo rejimi, umumiy gʻovakligi va zichlashish darajasiga taʼsiri aniqlangan. Natijalarga koʻra, organo-mineral kompostlar qoʻllanganda tuproqning fizik xususiyatlari yaxshilanib, suv sigʻimi oshadi, havodorlik ortadi va mikrobiologik jarayonlar faollashadi. Ayniqsa, mineral oʻgʻitlarning kamaytirilgan meʼyori bilan birgalikda ishlatilgan kompostlar yuqori samaradorlik koʻrsatdi. Bu esa ekinlarning barqaror o‘sishi va hosildorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.