Davlat qarz siyosati barqarorligini ta'minlash mexanizmini takomillashtirish.
Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekistonda davlat qarz siyosati barqarorligini ta’minlash mexanizmini takomillashtirish masalalari o‘rganiladi. Davlat qarzining 2019–2025-yillardagi dinamikasi va 2026-yil 1-yanvar holatidagi portfel ko‘rsatkichlari asosida valyuta, foiz hamda qayta moliyalashtirish xatarlari tahlil qilinadi. Qarz barqarorligini baholashda qarzning YAIMga nisbatidan tashqari, uning tarkibi, to‘lov yuklari va muddat profilini hisobga olish zarurati yoritiladi. Tizimli yondashuv, qiyosiy-huquqiy tahlil va dinamik qatorlar tahlili asosida qarz portfelini uzluksiz kuzatuvchi raqamli monitoring paneli, erta ogohlantirish indikatorlari va stress-testlarni o‘zaro uyg‘unlashtirish taklif etiladi. Ichki qarz bozorini kengaytirish, fiskal xatarlarni kompleks baholash hamda ichki audit va amalga oshirilgan operatsiyalar natijalarini baholash orqali qarz boshqaruvi samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.