Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Aziziddin Nasafiy tasavvufiy qarashlarida tabiatni asrash va ekologiya masalalari

Narziyev Zubaydillo IbodilloyevichBuxoro davlat pedagogika instituti “Ijtimoiy fanlar” dotsenti, falsafa fanlari bo’yicha falsafa doktori(PhD)
2026uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi va ekologik xavfsizlik siyosati Aziziddin Nasafiyning ushbu ma’naviy merosi bilan chuqur bog‘liq. Aziziddin Nasafiy ta’limoti yoshlarda ekologik madaniyatni shunchaki qoida emas, balki ma’naviy e’tiqod sifatida shakllantirishga xizmat qiladi. Mutasavvifning ekologik qarashlari “Inson - jamiyat - tabiat” uchligining ma’naviy muvozanatiga asoslangan. U tabiatni asrashni inson kamolotining ajralmas sharti deb biladi. Aziziddin Nasafiy ta’limotiga ko‘ra, ekologiya va inson salomatligi yaxlit bir zanjir bo‘lib, ularni alohida ko‘rib bo‘lmaydi. Yangi O‘zbekistonda “ma’rifatli komil shaxs”ni tarbiyalash mexanizmi tabiatni asrashni insonning ichki ma’naviy poklanishi va jismoniy salomatligi bilan uzviy bog‘liq holda amalga oshirishni taqozo etadi. Aziziddin Nasafiyning “inson - olamning nusxasi” konsepsiyasi Yangi O‘zbekistondagi ekologik xavfsizlik va inson salomatligini muhofaza qilish siyosatining nazariy-falsafiy asosi bo‘lib xizmat qiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba