Lingvomadaniy birliklar va frazeologizmlar olamning lisoniy manzarasini aks ettiruvchi vosita sifatida
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu tezisda lingvomadaniy birliklar va frazeologizmlarning olamning lisoniy manzarasini shakllantirish hamda aks ettirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Til nafaqat axborot almashish vositasi, balki muayyan xalqning tarixiy tajribasi, madaniy qadriyatlari, urf-odatlari, dunyoqarashi va borliqni idrok etish usullarini saqlovchi tizim sifatida qaraladi. Ayniqsa, frazeologik birliklarda xalqning kundalik hayoti, baholash mezonlari, hissiy munosabati va milliy-madaniy tajribasi obrazli tarzda namoyon bo‘ladi. Tadqiqotda lingvomadaniy yondashuv, semantik, kontekstual va qiyosiy tahlil tamoyillariga tayaniladi. O‘zbek tilidagi frazeologik birliklar misolida ularning milliy madaniyat va lisoniy manzara bilan aloqasi yoritiladi. Tadqiqot natijalari frazeologizmlarni faqat turg‘un birikma sifatida emas, balki madaniy axborotni saqlovchi va avloddan avlodga uzatuvchi lisoniy birlik sifatida baholash zarurligini ko‘rsatadi.