Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Davlat korxonalarining IPO orqali xususiylashtirish mexanizmlarini takomillashtirish

2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur tezisda davlat korxonalarini IPO (Initial Public Offering) orqali xususiylashtirish loyihalarining iqtisodiy samaradorligi tadqiq etiladi. Tadqiqotda IPO mexanizmining davlat mulkini xususiylashtirish, kapital bozorini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va korporativ boshqaruvni takomillashtirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, IPO samaradorligini baholashda moliyaviy, fiskal, investitsion va bozor ko‘rsatkichlaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston amaliyoti, xususan, davlat korxonalarini transformatsiya qilish va aksiyalarni ommaviy joylashtirish jarayonlari asosida IPO loyihalarining iqtisodiy natijalarini baholash yondashuvi ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari davlat korxonalarini IPO orqali xususiylashtirish jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflarni shakllantirish imkonini beradi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar