Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

OROLBO‘YI SUG‘ORILADIGAN O‘TLOQI-ALLYUVIAL TUPROQLARI SHAROITIDA BAHORGI BUG‘DOYNING TUPLANISH FAZASIDA NPK AKKUMULYATSIYASI

R.T. Atamuratovtayanch doktorant (PhD), Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institute
2026
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanining sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida bahorgi yumshoq bug‘doy yetishtirishda urug‘larni bentonit bilan kapsulalash hamda makro- va mikroo‘g‘itlarni qo‘llashning tuplanish fazasida oziqa elementlari taqsimotiga ta’siri yoritilgan. Tuplanish davri ildiz tizimining jadal rivojlanishi, fotosintezning faollashishi hamda keyingi bosqichlarda hosil elementlarining poydevori yaratilishi bilan muhim biologik ahamiyatga ega. Tadqiqot davomida urug‘larni bentonit asosida kapsulalash va vegetatsiya mobaynida turli mikroelementli suspenziyalarni bargdan purkash orqali oziqlantirishning o‘simlik organlarida (ildiz, poya, barg) azot, fosfor va kaliy (NPK) to‘planish dinamikasi har tomonlama tahlil qilindi hamda uning o‘simlik fiziologik holati va bo‘lg‘usi hosildorligini belgilashdagi samaradorligi ilmiy jihatdan asoslandi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar