Virtual va kengaytirilgan reallik texnologiyalarida murakkab muhandislik obyektlarini vizuallashtirishning zamonaviy tendensiyalari va takomillashtirish yoʻnalishlari
2026uz
ABI
Annotatsiya
Tezisda murakkab muhandislik obyektlarini virtual (VR) va kengaytirilgan (AR) reallik muhitida real vaqt rejimida vizuallashtirishning zamonaviy tendensiyalari nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Geometriyani tayyorlash (tessellyatsiya), detallashtirish darajalari (LOD), foveal renderlash, neyron renderlash usullari hamda inson omili bilan bogʻliq cheklovlar muhandislik aniqligi va tizim unumdorligi mezonlari asosida baholanadi. Tahlil natijasida mavjud usullarning oʻzaro ziddiyatli jihatlari aniqlanib, muhandislik ahamiyatiga asoslangan semantik-adaptiv vizuallashtirish yondashuvi va uni takomillashtirish yoʻnalishlari asoslab beriladi.
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos13 ta foydalanilgan manba