CHAP QORINCHA OTISH FRAKSIYASI SAQLANGAN YURAK YETISHMOVCHILIGIDA FINERENON VA EPLERENONNING KARDIORENAL SAMARADORLIGI: QIYOSIY TAHLIL
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Chap qorincha otish fraksiyasi saqlangan yurak yetishmovchiligi (ChQOF-YY) surunkali yurak yetishmovchiligining eng keng tarqalgan fenotipi bo'lib, ko'pincha yoshi ulg'aygan, arterial gipertenziya, qandli diabet va surunkali buyrak kasalligi kabi komorbidliklarga ega bemorlarda uchraydi [4]. Steroid tuzilishga ega mineralokortikoid retseptor antagonisti (MRA) eplerenon otish fraksiyasi pasaygan yurak yetishmovchiligi va o'tkir miokard infarktidan keyingi chap qorincha disfunksiyasi bemorlarida samarali ekanligi EPHESUS va EMPHASIS-HF tadqiqotlarida isbotlangan [2,3], biroq bu ma'lumotlarni ChQOF-YY (otish fraksiyasi ≥50%) bemorlariga bevosita tatbiq etib bo'lmaydi. Nosteroid MRA finerenon FINEARTS-HF tadqiqotida aynan ChQOF-YY fenotipida samaradorlik ko'rsatgan [1], keyinchalik o'tkazilgan FINE-HEART birlashtirilgan tahlili bu natijalarni yanada mustahkamladi [5]. Shunga qaramay, ikkala preparatni bir xil bemorlar kontingentida bevosita qiyoslovchi ma'lumotlar hozirgacha yetarli emas.
Hali tarjima qilinmagan