Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

RANGLI ZIRAVORLARNING TABIIY PIGMENT TARKIBI VA RANG KO‘RSATKICHLARI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK — SINTETIK BO‘YOQLAR BILAN QALBAKILASHTIRISHNING TOVARSHUNOSLIK-KIMYOVIY DIAGNOSTIK BELGISI SIFATIDA

Nasibaxon Muydinovaassistent, Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti, Farg‘ona, O‘zbekiston
2026
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ziravorlar birlik massasiga nisbatan eng qimmat oziq-ovqat xomashyolari qatoriga kirib, ko‘p bosqichli va geografik jihatdan tarqoq ta’minot zanjiriga ega bo‘lganligi sababli iqtisodiy sabablarga ko‘ra qalbakilashtirishga eng moyil tovar guruhlaridan biridir [1]. Yevropa Komissiyasining ogohlantirish va hamkorlik tarmog‘i hisobotlarida ziravorlar guruhida ruxsat etilmagan rang beruvchilar (Sudan bo‘yoqlari, Orange II, rodamin B) bo‘yicha firibgarlik gumonlari doimiy qayd etilmoqda [2]. Sudan I–IV, Para Red, rodamin B va metanil sariq oziq-ovqatda qo‘llanishi ta’qiqlangan sanoat bo‘yoqlari bo‘lib, ular uchun xavfsiz konsentratsiya darajasi belgilanmagan [3]; zarchavaga qo‘shiladigan qo‘rg‘oshin xromati esa aholining qo‘rg‘oshin bilan zaharlanishi manbai ekani isbotlangan [4].

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar