Ayollarda bepushtlik zamonaviy diagnostika va davolash usullari
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ayollarda bepushtlik zamonaviy akusherlik-ginekologiyaning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib, reproduktiv yoshdagi ayollarda homiladorlikning yuzaga kelishiga to‘sqinlik qiluvchi turli etiologik omillarning mavjudligi bilan tavsiflanadi. Bepushtlik muntazam va himoyalanmagan jinsiy hayotga qaramay 12 oy davomida homiladorlik kuzatilmasligi bilan belgilanadi, 35 yoshdan katta ayollarda esa reproduktiv potensialning yoshga bog‘liq pasayishi sababli diagnostik tekshiruvni 6 oydan keyin boshlash tavsiya etiladi. Ayollardagi bepushtlikning asosiy sabablariga ovulyator disfunksiya, bachadon naylari o‘tkazuvchanligining buzilishi, endometrioz, bachadonning strukturaviy patologiyalari va tuxumdon rezervining kamayishi kiradi. Klinik amaliyotda ushbu omillarning birgalikda uchrashi diagnostika va davolash taktikasini murakkablashtiradi. Ayniqsa, endometriozda tos bo‘shlig‘idagi bitishmalar, endometriomalar va tuxumdon rezervining pasayishi reproduktiv funksiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Hali tarjima qilinmagan