Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Asqad Muxtor nasrida ayol xarakterining badiiy-psixologik talqini

Muhayyo SamandarovaAbu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi
2026
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada XX asr o‘zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri Asqad Muxtor nasriy asarlarida ayol xarakterining badiiy-psixologik talqini tadqiq etiladi. Adib ijodida inson shaxsining ma’naviy dunyosi, uning jamiyat va davr bilan munosabati, axloqiy tanlovi hamda ruhiy kechinmalarini tasvirlash muhim o‘rin tutadi. Shu jihatdan yozuvchi yaratgan ayol obrazlari ham faqat voqealar rivojiga xizmat qiluvchi ikkinchi darajali personajlar sifatida emas, balki o‘ziga xos xarakter, dunyoqarash, ma’naviy mezon va ruhiy olamga ega bo‘lgan mustaqil badiiy timsollar sifatida namoyon bo‘ladi. Maqolada “Opa-singillar”, “Tug‘ilish”, “Chinor”, “Amu” romanlari, shuningdek, adibning qissa va hikoyalari misolida ayol xarakterining shakllanish omillari, uning oiladagi va jamiyatdagi mavqeyi, ona, yor, opa-singil, mehnatkash ayol, ma’naviy tayanch kabi qirralari tahlil qilinadi. Ayol obrazining ruhiy holatini ochishda portret, dialog, monolog, peyzaj, detal, xotira, ichki kechinma va psixologik tasvir kabi badiiy vositalarning o‘rni ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijasida Asqad Muxtor nasrida ayol obrazi inson ma’naviyatining, hayotiy irodaning, mehr-muhabbat va fidoyilikning badiiy ifodasi sifatida namoyon bo‘lishi asoslanadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar