QARSHI SHAHRI URBANOFLORASINING ADVENTIV FRAKSIYASINING TAKSONOMIYASI
Annotatsiya
Maqola Qarshi shahri urbanoflorasida olib borilgan maqsadli tadqiqotlar natijalariga bag‘ishlangan. Tadqiqotda Qarshi shahri hududida olib borilgan dala kuzatuvlari, gerbariy fondlarida saqlanayotgan Qarshi shahri va uning atrofidagi hududlardan yig‘ilgan gerbariy namunalari hamda ilmiy adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlardan foydalanildi. Olingan ma’lumotlar asosida Qarshi shahri urbanoflorasining taksonomik tarkibiga aniqlik kiritildi. Maqolada Qarshi shahri urbanoflorasining adventiv fraksiyasi alohida tahlil qilindi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, urbanoflorada qayd etilgan 449 turdan 112 tasi 26 oila va 84 turkumga mansub adventiv turlar ekanligi aniqlandi. Adventiv turlar urbanofloraning umumiy tur tarkibining 24,9 % ini tashkil etadi. Mazkur turlarning taksonomik strukturasi, kelib chiqishi, kirib kelish yo‘llari, naturallashish darajasi hamda invazivlik xususiyatlari kompleks tahlil qilindi. Natijada Qarshi shahri urbanoflorasida kechayotgan adventizatsiya jarayonlarining zamonaviy holatiga baho berildi