Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

MARKAZIY OSIYODAGI FRITILLARIA L. TURKUMINING TAKSONOMIK XILMA-XILLIGI: MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLAR

2026uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Fritillaria L. (Liliaceae) turkumi Markaziy Osiyo florasining o‘ziga xos va taksonomik jihatdan murakkab guruhlaridan biridir. Turkum vakillari morfologik jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lishi, geografik areallarning uzviyligi, ekologik sharoitlarning xilma-xilligi hamda ayrim turlarning o‘zgaruvchan morfologik belgilarga ega ekanligi sababli ularning sistematik maqomini aniqlashda qator muammolar mavjud. O‘zbekistonda olib borilgan tadqiqotlar natijasida ilgari 8 tur bilan ifodalangan Fritillaria turkumi tarkibi qayta ko‘rib chiqilib, 11 tur mavjudligi aniqlangan. Keyingi bosqichda Markaziy Osiyo miqyosida molekulyar-filogenetik tadqiqotlarning amalga oshirilishi ushbu turkumning qarindoshlik munosabatlari va ayrim taksonlarning sistematik holatini qayta baholash uchun yangi imkoniyatlar yaratdi. Xususan, xloroplast genomlari asosidagi tadqiqotlar Markaziy Osiyodagi Fritillaria turlarining filogenetik munosabatlari bo‘yicha muhim yangi ma’lumotlar berdi. Mazkur ishda Markaziy Osiyodagi Fritillaria turkumining zamonaviy taksonomik holati, mavjud muammolari va kelgusidagi kompleks tadqiqot yo‘nalishlari muhokama qilinadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba